Tyantszin shahri partiya qo‘mitasi kotibi Samarqand delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

19.01.2025 00:00 IPAK YO‘LI 7

2025-01-18_181632
 

Adiz Boboyev Xitoyning Tyantszin shahri partiya qo‘mitasi kotibi Chen Miner bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda viloyat rahbari Tyantszin shahri tadbirkorlari bilan birga Samarqand-Tianjin zamonaviy sanoat parkini qurish, elektr transport vositalari va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish hamda onlayn sotuvni yo‘lga qo‘yish va sun`iy intellektdan foydalanish borasida hamkorlikda o‘quv markazlarini tashkil etish takliflarini bildirdi. Shuningdek, Tyantszin shahri rasmiy vakillarini va tadbirkorlarini Samarqandga taklif etdi.

Partiya qo‘mitasi kotibi Chen Miner bildirilgan barcha takliflarni qo‘llashini va amaliy yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Samarqand viloyati delegatsiyaning Xitoyga tashrifi davom etmoqda.