O'zbekiston Bosh konsulxonasi va Xitoyning "LIWAYWAY CO., LTD" kompaniyasi o'rtasida Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi ikkita maktabga kompyuter texnikasini beg'araz taqdim etish bo'yicha kelishuvga erishildi
Bu kelishuv O'zbekiston ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va ta'lim sifatini qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Shuningdek, ushbu loyiha O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi do'stlik hamda sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
"So'nggi yillarda O'zbekistonda faol ishlayapmiz. Kompaniyamiz Toshkent viloyatida loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Biz O'zbekistonda, har bir davlat taraqqiyotida hal qiluvchi rol o'ynaydigan ta'lim tizimidagi keng ko'lamli islohotlarning guvohi bo'lyapmiz. O'zbekistondagi ta'lim jarayonlarini qo'llab-quvvatlashga hissa qo'shishga qaror qildik. Kompaniyamiz Sirdaryo viloyatidagi o'quvchilarning zamonaviy sharoitlarda ta'lim olishi, raqamli savodxonlikni mukammal egallashi va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo'lib yetishishini qo'llab-quvvatlaydi", degan kompaniya raisi Karlos Chan.
Ushbu kompyuterlar Sirdaryo viloyatidagi maktablarga O'zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi tomonidan yetkaziladi.