"Markaziy Osiyo, ayniqsa O‘zbekiston bizning eng yaqin qo‘shnimiz" – XXR elchisi.

29.03.2025 00:00 IPAK YO‘LI 7

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori hamda Milliy media assotsiatsiyasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan suhbat qurdi. Uning doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi samimiy aloqalar, do‘stlik, hamkorlik rishtalari xususida so‘z yuritildi.

rendr 480p.mp4_snapshot_15.18.857

rendr 480p.mp4_snapshot_01.19.444

Suhbat davomida diplomat ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari yangi darajaga chiqqanini e'tirof etdi.

"Biz do‘st, qo‘shni va hamkorlarmiz. Xitoyda qadimdan shunday hikmat bor. Yaqin qo‘shni uzoq qarindoshdan yaxshiroq. Biz ham shunday tamoyilga amal qilamiz," dedi u.

Shuningdek XXR elchisi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari uzoq tarixga borib taqalishini, bunda Buyuk ipak yo‘li katta ahamiyat kasb etganini qayd etdi.

"Tarixiy Buyuk ipak yo‘li orqali biz har tomonlama manfaatli tajriba almashinuvi va albatta savdo-sotiq orqali rivojlanib kelganmiz", deya ta'kidladi diplomat.

Diplomat bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ikki davlat o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik munosabatlari xususida ham so‘z yuritdi.

"Bugungi kunda hurmatli Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Yangi O‘zbekiston barpo etilmoqda va bu jarayon muvafaqqiyatli davom etmoqda. Ta'lim, ilm-fan, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar bularning barchasi rivojlanmoqda. Biz buni chin dildan qo‘llab quvvatlaymiz. Chunki Xitoyda bunday tushuncha bor: "Agar do‘stimizning uyi tinch va farovon bo‘lsa bu bizga ham ijobiy ta'sir qiladi". Markaziy Osiyo, ayniqsa O‘zbekiston bizning eng yaqin qo‘shnimiz. Biz doimo shunday tamoyilga amal qilamiz", dedi XXRning O‘zbekistondagi elchisi. 

Qiziqarli suhbat videosini to‘liq holda havola etamiz: