Sirdaryo viloyatining Sirdaryo viloyatida so‘nggi yillarda ishlab chiqarish korxonalarining soni ortib bormoqda. Viloyatning Sirdaryo tumanida “PENG SHENG” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasini joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shma korxrnaning investision imkoniyati 133 million dollardan ortiq. Korxonada 2000 nafardan ziyod ishchi faoliyat olib borar ekan. Ulardan 1800 dan ortig‘ini mahalliy ishchilar tashkil qiladi.
Avvaliga faqatgina kerakmik kafel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, endilikda bu yerda santexnika mahsulotlari, qayta ishlangan va ishlov berilgan terilar, dekor panellari, tomchilatib sug‘orishda foydalaniladigan yelim quvurlar, maxsus suv o‘tkazgichlar va plyonkalar, ayollar va erkaklar poyabzallari, charm buyumlar kabi o‘ndan ziyod loyihalar ishga tushirildi.
Mahsulotlar eksport geografiyasi MDH davlatlari, Xitoy va Yevropagacha cho‘zildi. Joriy yilning aprel oyida qiymati 10 mln. AQSH dollari bo‘lgan marmar toshlaridan 40 turdagi tayyor mahsulot tayyorlash va terining chiqindiga chiqarib yuboriladigan “oqsil” qismidan jelatin ishlab chiqarish loyihalariga start berildi.
Bu yerda paxta ekishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan bo‘lib, 1 gektar maydondan 70 syentner paxta yetishtirilgan.
Bu borada mahalliy fermerlardan biri Abdulla Begmatov xitoycha tomchilatib sug‘orish eng samarali usullardan biri ekanini qayd etdi:
"18 gektar yerim bor. Xitoyliklar bilan 2020 yildan buyon hamkorlik qilishni boshladim. Keyin bildimki unga qadar tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali paxta yetishtirishni bilmagan ekanman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev fermerlarga yerdan ko‘proq foyda va hosil olish kerak, hususan, paxtadan kamida 50 syentner hosil olish kerak degan toprishirqlaridan kelib chiqib buni amalga oshirishning yagona yo‘li tomchilatib sug‘orish ekanini bildik. Men Xitoyliklardan o‘rgandim. Xitoycha tomchilatib sug‘orish bu eng oson, arzon va samarali usul ekan"
"Kompaniya viloyatdagi gumanitar tadbirlarda ham faol. Mahalliy bayrlamlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga doimiy yordam ko‘rsatiladi" deydi “PENG SHENG” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi bosh direktori o‘rinbosari Gʻofirjon Ahmedov.
Korxona hududida O‘zbekiston — Xitoy do‘stlik bog‘i hamda 30 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilgan. So‘lim bog‘ning yonginasida joylashgan mazkur MTTda mashg‘ulotlar o‘zbek, xitoy, ingliz va rus tillarida olib boriladi.
Xorijiy mamlakatlarga eksport qilinayotgan mahsulotlarga bo‘lgan talab ortib borayotgani mazkur korxonaning mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘ringa ega ekanini ko‘rsatadi.