"Zhejiang Juma Entertainment Co., Ltd" kompaniyasi Farg'onada istirohat bog‘i quradi

02.04.2025 00:00 IPAK YO‘LI 7

news_1743490264736

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining Zeyjang provinsiyasida joylashgan "Zhejiang Juma Entertainment Co., Ltd" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda viloyatda turizm va ko‘ngilochar infratuzilmani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda kompaniya rahbari Ma Jyang kompaniya faoliyati haqida maʼlumot berdi. Mazkur kompaniya istirohat bog‘lari uchun attraksionlar ishlab chiqarish, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yirik tajribaga ega. Kompaniya dunyo miqyosidagi eng yirik va zamonaviy charxpalaklar, turli attraksionlar, innovatsion ko‘ngilochar uskunalarni ishlab chiqarish bilan tanilgan.

Uchrashuvda Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – "Yangi O‘zbekiston” massivi hududida aholi uchun zamonaviy istirohat bog‘ini qurish loyihasi muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.