Xitoylik investorlar Andijonda 250 million dollarlik majmua quradi

17.04.2025 00:00 IPAK YO‘LI 6

2eb4579e-f2be-e140-e2dd-e679f18ae2a1_lists_slider_

Andijon viloyatining Bobur shahrida xitoylik investor 250 million dollar investitsiya hisobiga zamonaviy majmua qurmoqchi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu viloyatga tashrifi davomida ma’lum qilindi. 
 
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Bobur shahrida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi e’lon qilinganidan so‘ng, ko‘plab sarmoyadorlar shahar qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirgan. 
  
Loyihaga muvofiq, 55 gektar hududda biznes markazi, mehmonxona, savdo markazlari va 3 ming xonadonga mo‘ljallangan uy-joy quriladi, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo‘lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Qayd etilishicha, qurilgan GESlarga 1 yil davomida bepul servis xizmati ko‘rsatiladi.