Toshkent viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda elektroskuter ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

31.07.2024 00:00 IPAK YO‘LI 7

greencamel-sitikoko-gc11-3000w-60v-20ah-bystrosem-1.1689172114

foto:Google

Yangiyoʻl tumanida Xitoy Xalq Respublikasining “ECOMOTO” xorijiy korxonasi tomonidan skuter ishlab chiqarish tashkil etilmoqda.

Yangiyoʻl tumani hokimi O.Ataullayev investorlar bilan uchrashib, “ECOMOTO” korxonasi bilan memorandum imzolandi.

Ushbu loyiha qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri 10,0 mln dollar xorijiy investitsiyani kiritish hamda 50 ta doimiy ish oʻrnini yaratish rejalashtirilgan.

Mazkur loyihada koʻrsatilgan zamonaviy va raqobatbardosh elektroskuterlar 2025-yilning 2-choragidan boshlab Yangiyoʻl tumanida ishlab chiqarishni boshlaydi.