Bugun Olmaotada Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari,savdo, transport-logistika aloqalari, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlarda suhbatlashildi
"O‘zbekistonning taraqqiyotini doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani, shuningdek, barqaror, farovon va o‘zaro bog‘langan mintaqani barpo etishga qaratilgan umumiy intilishlarimiz uchun Xitoy tomoniga minnatdorlik bildiramiz"-deb yozgan Bahtiyor Saidov o‘z telegram kanalida