“Oʻzgidromet” respublikaning 4 ta viloyatidagi togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda agentlikka tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, 23−26-iyul kunlari kutilayotgan yomgʻir yogʻishi sababli Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarida sel-suv toshqini kuzatilishi xavfi bor.
Hududlar:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
- Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.
Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.