Xitoydan munosabat: O‘zbekiston milliy iqtisodiyotning deyarli barcha jabhalarida tobora yuqori ko'rsatkichlarga erishmoqda

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston milliy iqtisodiyotning deyarli barcha jabhalarida tobora yuqori ko'rsatkichlarga erishmoqda

24.07.2024 00:00 O'zbekiston 5

Xitoyning ommabop "Psearcher" jurnali muharriri Van Minmey "Dunyo" axborot agentligiga O‘zbekiston iqtisodiyotida qayd etilayotgan yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi

1721796156101_1png

— Xitoyning har tomonlama qulay va strategik hamkori bo'lgan O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama darajada ham, BMT, ShHT, "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi hamda "Markaziy Osiyo – Xitoy" formati doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston milliy iqtisodiyotning deyarli barcha jabhalarida tobora yuqori ko'rsatkichlarga erishib, jadal rivojlanishning yuksalish yo'liga o'tdi. Buni, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 17-iyul kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida ma'lum qilgan joriy yilning birinchi yarmida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko'rsatkichlari ham yaqqol tasdiqlaydi.

Xususan, 2024-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 6,4 foizga o‘sdi. 2023-yilning shu davriga nisbatan deyarli barcha iqtisodiy ko'rsatkichlar yaxshilandi. Sanoat 7,8 foizga, qurilish 10,1 foizga, xizmatlar 12,9 foizga, qishloq xo'jaligi 3,8 foizga o'sgan.

Ushbu davrda O'zbekiston iqtisodiyotiga jami 15,5 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etildi, shundan 14 milliard dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy sarmoyalar bo'lganini alohida ta'kidlash kerak.

Yil boshidan 3,5 milliard dollarlik 3 mingta loyiha ishga tushib, yuqori rentabellikka ega 76 mingta yuqori daromadli doimiy ish o'rni yaratilgani alohida e'tiborga molik.

"Yashil energetika" sohasidagi ishlar ham natija bera boshladi. Masalan, birinchi yarim yillikda ishga tushgan 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga 1,6 milliard kilovatt "yashil energiya" olindi. Bu yarim milliard kubmetr gazni tejash imkonini berdi.

 "Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo'shilgan qiymat 45,1 milliard dollarga yetgan. Bunday raqamlar ilgari bo'lmagan", — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Darhaqiqat, jahon iqtisodiyoti ko'plab salbiy omillarga duch kelgan sharoitda O'zbekiston taraqqiyotining bunday dinamikasi mamlakatda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar yuksak samaralar berayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Xitoy bu tendensiyadan, shuningdek, ikki mamlakat o'rtasidagi faol iqtisodiy hamkorlik O'zbekistonning izchil rivojlanishi jarayonlariga xizmat qilayotganidan mamnun.