Raqobat qoʻmitasi Respublika Maʼnaviyat markaziga qarshi ish qoʻzgʻatdi

Raqobat qoʻmitasi Respublika Maʼnaviyat markaziga qarshi ish qoʻzgʻatdi

24.07.2024 00:00 O'zbekiston 5

Raqobat qoʻmitasi 1,4 mlrd soʻmlik tender yuzasidan Respublika Maʼnaviyat markaziga qarshi ish qoʻzgʻatdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan “qadriyatim.uz” va “tanlov.manaviyat.uz” saytlari hamda mobil ilovalarini,  

shuningdek, markaz veb-portalini yaratish boʻyicha tender savdolarini oʻrganib chiqqan.

Natijada boshlangʻich narxi 1,4 milliard soʻmlik tender savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablariga rioya qilinmagani alomatlari borligi aniqlangan.

Keltirilishicha, hozirda holat yuzasidan Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan boʻlib, u belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

476adb93fce49fe6a8415ce6d9de6ee40723

“Natijasi haqida qoʻshimcha axborot taqdim etiladi”, deyiladi qoʻmita xabarida.