O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgani ma‘lum qilindi

O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgani ma‘lum qilindi

05.08.2024 00:00 O'zbekiston 4

f2672676c8_uzreport66accb08b0943

foto:zamin.uz

O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 65 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 42 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

  • Turkmaniston — 37 942 nafar;

  • Tojikiston — 21 451 nafar;

  • Afg‘oniston — 1 569 nafar;

  • Xitoy — 723 nafar;

  • Hindiston — 582 nafar;

  • Turkiya — 529 nafar;

  • Qirg‘iz Respublikasi — 385 nafar;

  • Janubiy Koreya — 329 nafar;

  • AQSH — 199 nafar;

  • Rossiya — 157 nafar;

  • boshqa davlatlar — 1 102 nafar.