Mamajonov Bunyod Baxtiyorovich Toshkent shahri Uchtepa tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Bunyod Mamajonov 1985-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Maʼlumoti oliy, 2008-yilda Toshkent moliya institutini magistrlik darajasi bilan tamomlagan.
Mamajonov 2020-yildan shu kunga qadar “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 25-sentyabr kuni Toshkentning Shayxontohur va Mirzo Ulugʻbek tumanlari, shuningdek, Surxondaryoning Shoʻrchi hamda Muzrabot tumanlariga ham yangi hokimlar tayinlangan edi.