Joriy yilning 1-oktyabr kuni soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor koʻchasida joylashgan Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish instituti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVB ga xabar berilgan.
Qayd etilishicha, 6 ta yong'in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 23:54 da yetib borib, soat 00:30 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida eski qurilish maxsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi anqlanmoqda.