2024 yil 1 oktyabr kuni HY304 Tel-Aviv — Samarqand — Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airways”ga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu Yaqin Sharq hududida vaziyatning keskinlashuvi va Yaqin Sharq havo hududining bir qismining yopilishi, shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlash zaruratini inobatga olgan holda amalga oshirilgan.
Ma'lum qilinishicha:
- Samarqandga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan soat 4:40 (2 oktyabr);
- Toshkentga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan 6:35 (2 oktyabr).