Navoiy viloyatning Navbahor tumanida “Biotech Research and Innovation” MCHJ ilmiy-ishlab chiqarish kompleksining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Foto: xs.uz
"Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabar qilishicha, ushbu loyiha nafaqat viloyat, balki Markaziy Osiyo mintaqasida yagona hisoblanadi.
Majmuaning taqdimot marosimida ushbu loyiha respublika sogʻliqni saqlash, sanoat, ilm-fan ravnaqi hamda hududda kobra, gyurza va efa kabi zaharli jonivorlarni koʻpaytirish va asrashga katta hissa qoʻshishi taʼkidlandi. Boisi majmuaning serpentariy, vivariy, inkubatorli terrarium, biokimyoviy laboratoriya, oʻquv markazi, ishlab chiqarish ombori kabi inshootlaridan buning uchun barcha sharoitlar yaratilib, ushbu maqsadlarga 5mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya yoʻnaltirilgan. Loyiha toʻliq ishlab chiqarish quvvatiga chiqishi bilan yillik mahsulot eksporti miqdori 7 mln. AQSH dollarini tashkil etishi rejalashtirilgan.