Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Hamyurtlarimiz bu yerda koreyslarning 70- Beakje milliy festivalida ishtirok etdi.
"Xalq so‘zi" nashri veb saytida xabar berilishicha, koreys milliy festivali, unda ijro etilgan rang-barang dasturlar namanganlik sanʼatkorlarda ham katta taassurot qoldirgan.
Ijodiy aloqalarni yanada kengaytirish, yangi spektakllar almashish boʻyicha yangi rejalar belgilab olindi.