Vengriyada Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi

Vengriyada Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi

15.10.2024 00:00 O'zbekiston 4

0bf8ab7d79afe4163389488019589b70

O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Vengriyaning Lakitelek shahrida davlat arbobi Alisher Navoiyga bag'ishlab o'rnatilgan byustning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Ushbu byust Vengriya-O'zbekiston diplomatik aloqalari tarixida O'zbekistonga bag'ishlab Vengriyada ochilgan birinchi madaniy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu loyiha vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan amalga oshirildi.

Ochilish marosimida O'zbekiston madaniyat vaziri birinchi o'rinbosari Avazxon Tojixonov, mamlakatimiz elchisi Oybek Shaxavdinov, O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti rektori Shuhrat Sirojiddinov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ilyos Arabov va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirda Vengriya tomonidan 100 dan ortiq mehmonlar, jumladan ushbu davlat parlamenti spikeri o'rinbosari Shandor Lejak, Tashqi ishlar va savdo vazirligining xavfsizlik siyosati bo'yicha davlat kotibi Piter Staray, Madaniyat va innovatsiyalar vazirligining madaniyat masalalari bo'yicha davlat kotibi Magdolna Zavogya hamda siyosiy, madaniy doira vakillari, olimlar, jurnalistlar, diplomatik korpus vakillari qatnashdi.