Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanishi eʼlon qilindi

Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanishi eʼlon qilindi

04.11.2024 00:00 O'zbekiston 4

otopleniye,issiqlik

"Koʻplab murojaatlari va meteorologiya xizmati maʼlumotlariga muvofiq Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 2024-yil 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi"- deyiladi hokimiyat xabarida.

Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

Shuningdek,issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklar aniqlanganda yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSh va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to‘laqonli amalga oshirilmayotganligiga guvoh bo‘lgan holda 1055  yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga murojaat qilish so'ralgan.