Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 14-fevral kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Foto: xs.uz
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 14,88 soʻmga oshib, 13 008,95 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 79,16 soʻmga koʻtarilib, 13 554,02 soʻm etib belgilangan.
Rossiya rubli esa 5,03 soʻmga oshdi va 143,20 soʻmni tashkil qildi.
Manba: xs.uz