Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 21-fevral kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 20,11 soʻmga tushib, 12 929.92 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 9,34 soʻmga pastlab, 13 496,25 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 3,72 soʻmga oshdi va 146,25 soʻmni tashkil qildi.