Samarqand shahridagi “Art Station” galereyasida “Samarqand nomi” koʻrgazmasi boshlandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu koʻrgazma dunyo boʻylab toʻplangan kitoblar, badiiy plakatlar, musiqiy kompozitsiyalar va boshqa sanʼat asarlari orqali Samarqandning madaniy va tarixiy qiymatini yoritishga qaratilgan.
Foto: xs.uz
Ekspozitsiyadan 50 ga yaqin eksponatlar oʻrin olgan boʻlib, ular orasida Samarqand haqidagi noyob kitoblar, shaharning turli davrlardagi obrazini aks ettiruvchi ijodiy ishlar, Samarqandning musiqiy merosini yorituvchi asarlar bor.
Koʻrgazma Samarqandni nafaqat tarixiy shahar, balki madaniyat va sanʼat markazi sifatida tasvirlaydi. Ipak yoʻli chorrahasida joylashgan bu shahar koʻk sopol koshinlari, qadimiy meʼmoriy obidalari va boy madaniy qirralari bilan mehmonlarni oʻziga jalb etadi.