Xitoy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentini Navro‘z bilan tabrikladi

Xitoy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentini Navro‘z bilan tabrikladi

21.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

Xitoy Xalq Respublikasi Rasi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

ed71d885-a937-d98d-1fa0-e8467c866b27_lists_29915

Tabrik matni quyidagicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari!

O‘zbek xalqining an’anaviy Navro‘z bayrami munosabati bilan Xitoy hukumati va xalqi nomidan Sizga, O‘zbekiston hukumati va xalqiga samimiy tabriklarimizni yetkazmoqchiman.

Ming yillik tarixga ega Navro‘z bahor kelishi va tabiat uyg‘onishini ifodalab, o‘zbek xalqining baxtli hayotga, el-yurt birligiga va ravnaqiga intilishini aks ettiradi.

O‘tgan yil iyul oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasidagi samimiy va do‘stona uchrashuvimizda Xitoy-O‘zbekiston munosabatlari va turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik, ikki tomonlama aloqalarning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldik.

Erishilgan kelishuvlarimiz samarali amalga oshirilayotgani, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik izchil mustahkamlanib, e’tiborga loyiq natijalar berayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman.

Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beraman va yaqin do‘stligimizni yuksak qadrlayman.

Siz bilan birgalikda barcha sohalardagi hamkorlikni ilgari surish, Xitoy va O‘zbekistonning yagona taqdir hamjamiyatini barpo etish ishlarini boyitish uchun harakat qilishga tayyorman.

Fursatdan foydalanib, Sizga, Janobi Oliylari, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Si Szinpin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi