AQSH Prezidenti O‘zbekiston Prezidentiga tabrik yo‘lladi

AQSH Prezidenti O‘zbekiston Prezidentiga tabrik yo‘lladi

21.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donlad Tramp ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

7e29bd66-e3b7-1cb4-0044-2687929b3bc4_lists_29912

Tabrik matni quyidagicha:

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

 

Muhtaram Prezident janoblari!

Amerika Qo‘shma Shtatlari halqi nomidan Sizni va butun O‘zbekiston halqini ajoyib Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman. Bu barcha uchun tinchlik, farovonlik va yangilanish bayramidir.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida mustahkam rishtalar o‘rnatilayotganligini yuksak qadrlayman va Sizning izchil islohotlar dasturingizni olqishlayman. Savdo aloqalarimizni kengaytirish va zamonamizning eng yirik muammolarini hal etish yo‘lida hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutaman.

Buyuk davlatlarimiz ravnaq sari intilayotgan bir paytda, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashga sodiq bo‘lib qoladi.

Navro‘z muborak!

Chin dildan,

 

Donald Tramp,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti