Rossiya Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini Navro‘z bilan tabrikladi

Rossiya Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini Navro‘z bilan tabrikladi

21.03.2025 00:00 O'zbekiston 6

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

c687a296-e1a2-8f4c-ea2c-87a51295b66e_lists_29909

Tabrik matni quyidagicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

 

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Bahor ayyomi Navro‘z munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni bundan buyon ham do‘st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida faol rivojlantiramiz, deb ishonaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

 

Vladimir Putin,

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti