O‘zbekiston Fransiyaga uran yetkazib beradi

O‘zbekiston Fransiyaga uran yetkazib beradi

24.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

uran

foto:britanicca.com

O‘zbekiston bir yil davomida Fransiyaga uran yetkazib berish uchun Qozog‘iston kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. 

Qozog‘iston kompaniyasi 500 konteyner uran konsentratini Sankt-Peterburg orqali Fransiyaga yetkazib beradi. O‘zbekistonning “Navoiyuran” davlat korxonasi bu uchun Qozog‘istonning TOO Logistic Centre kompaniyasiga 9 million yevro to‘laydi. Uran Fransiya janubidagi Malvezi kommunasiga yetkazib beriladi.

Tarif bo‘sh konteynerlarni Fransiyaning Marsel shahriga qaytarish narxini o‘z ichiga oladi. Tashish Sankt-Peterburg portidan yuk jo‘natilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida amalga oshirilishi lozim

Shartnoma uchun dastlabki narx 11 million yevroni tashkil etgan. Keyinchalik mazkur summa kamaytirilgan. Uran 2026-yilning birinchi choragi oxirigacha tashiladi. “Navoiyuran” hozirda “Konverdin Enterprayz” (AQSH) va “Kameko Korporeyshn” (Kanada) qayta ishlash korxonalariga uran tashish bo‘yicha pudratchi qidirmoqda.