Parlamentlararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi

Parlamentlararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi

07.04.2025 00:00 O'zbekiston 5

44c0b7b46421d273bf9bec58065a14dd

6-aprel xalqaro hamkorlikni kengaytirish va parlamentlararo muloqotni mustahkamlash maqsadida Senat Rasi Tanzila Narbayeva bir qator muhim ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va innovatsion sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etishda parlamentlarning rolini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Shuningdek, Turkmaniston Mejlisining Raisi Dunyagozel Gulmanova bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hindiston Respublikasi parlamentining quyi palatasi – Lok Sabha Spikeri Om Birla bilan uchrashuv ham yuqori darajada bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tomonidan Lok Sabhada “O‘zbekiston-Hindiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi tashkil etish taklif qilindi. Shuningdek, parlament sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha Hindiston parlamenti huzuridagi Institut bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirildi.