Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo strategik sheriklarga aylanadi

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo strategik sheriklarga aylanadi

04.04.2025 00:00 O'zbekiston 5

Samarqand sammiti

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo aloqalari rasman strategik sheriklik darajasiga ko‘tariladi. Bugun 4 aprel kuni Samarqandda Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen “Team Europe” dasturini e’lon qilishi kutilmoqda. Bu bilan Markaziy Osiyoning suv, energetika va ekologik loyihalari moliyalashtirilishiga imkon yaratiladi. Kunning ikkinchi qismida esa prezidentlar ishtirokida iqlim forumi bo‘lib o‘tadi.

Sammit Markaziy Osiyo davlatlari oxirgi yillarda integratsiya va bir-biriga yaqinlashuvi davom etayotgan, yaqindagina chegara masalalari uzil-kesil hal qilingan, dunyoda esa Ukraina urushi bo‘yicha AQSh o‘z pozitsiyasini strategik o‘zgartirgan, Donald Tramp ma’muriyatining Yevropaga “muammo yaratuvchilar” deb qaragan davrda o‘tkazilmoqda.

Prezident matbuot kotibiga ko‘ra, bugun Yevropa ittifoqi - Markaziy Osiyo sammitining asosiy yutuqlaridan biri - tadbir yakunida imzolanadigan Samarqand deklaratsiyasi. Bu hujjat ikki mintaqani strategik sheriklarga aylantiradi..

“Yevrokomissiya sammitni Yevropa ittifoqining chet el hamkorlari bilan savdo aloqalarini xilma-xillashtirish strategiyasi doirasida AQSh bojxona to‘lovlariga Yevropaning javobi elementlaridan biri sifatida ko‘rmoqda”, deydi Ursula fon der Lyayyen Strasburgdagi Yevroparlament sessiyasidagi nutqida..

Sammitda ittifoq va Markaziy Osiyoning savdo-iqtisodiy, transport-logistika, xavfsizlik masalalari bo‘yicha aloqalari haqida so‘z boradi. O‘zbekiston Afg‘onistonni dunyoga integratsiya qilish haqida fikr bildirishi kutilmoqda.