Saudiya Arabistonida o‘tayotgan Osiyo Kubogida guruh bosqichining so‘nggi tur bahslari davom etmoqda. Muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qilgan O‘zbekiston u17 terma jamoasining chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
B guruhi 3-turida Yaponiya Avstraliyaga imkoniyatni 3-2 hisobida imkoniyatni boy BAA esa Vetnam bilan 1-1 hisobida durang qayd etdi. Natijada guruhni Yaponiya peshqadam bo‘lib yakunaladi BAA esa ikkinchi o‘rinni band etdi.
Endi chorak finalda hamyurtlarimiz BAA u 17 termasiga qarshi mayonga tushishiadi.
Bellashuv 13 aprel kuni o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Yaponiya esa mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
Qayd etish kerak, Avstraliya termasi esa musobaqa bilan xayrlashdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston u17 termasi keyingi bosqich masalasi bilan birgalikda jahon chemponati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritishdi.