Oʻzbekistonda ilk bor tarixiy Samarqand shahri BMTning “2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishni jadallashtirish” mavzusida boʻlib oʻtadigan “Davlat xizmati forumi — 2025” nufuzli forumiga mezbonlik qiladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Qayd etilishicha, ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga toʻplaydi.
Mazkur forum joriy yilning 23-iyun sanasida BMTning Davlat xizmati kunida rasman ochiladi va davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda davlat xizmati samaradorligini oshirishga qaratilgan yuqori darajadagi muzokaralar, innovatsion yechimlar va strategik hamkorlik uchun platforma vazifasini oʻtaydi.