Namangan viloyati Davlatobod tumanida maktab oʻquvchilari boshqaruvidagi “Nexia-3” yuk mashinasiga borib urildi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakat xavfsizligi boshqarmasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 2-aprel kuni soat 17:10 lar atrofida Davlatobod tumani Porloq mahallasi Islom Karimov koʻchasida yuz bergan. Yangi Namangan tumanida joylashgan 2-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchilari haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmay turib, “Nexia-3” rusumli avtomobilini boshqargan.
Rul boshqaruvidagi oʻquvchi harakat xavfsizligini taqimlay olmasdan yoʻlning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan SHACMAN rusumli yuk avtomobilga borib urilgan.
YHXBga koʻra, hodisa oqibatda “Nexia-3” haydovchisi va uning old oʻrindiqdagi sinfdoshi ogʻir tan-jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, 11-sinf oʻquvchisi avtomobilni 9-sinf oʻquvchilariga 2 soatga, 220 ming soʻm evaziga ijaraga bergan boʻlgan.