“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi jamiyatlar va korxonalarning aksiyalari hamda koʻchmas mulk obyektlari ommaviy savdolar orqali savdoga qoʻyildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, jarayon Oʻzbekiston Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va shu kabi xususiylashtirishni jadallashtirishga oid bir qator qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Foto: xs.uz
Aktivlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga oʻtkazilib, ochiq savdolar orqali investorlarga taklif etiladi. Sotib olishga qiziqish bildirgan investorlar agentlikka murojaat qilishlari kerak.