Samarqandda “Lacetti” piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan fuqarolarni urib ketdi

25.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

Samarqandda “Lacetti” katta tezlikda kelib, piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan fuqarolar, shu jumladan, yosh bolalarini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

22c4fbbee36bb627721b999d7016b67b6f0425

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 11-aprel kuni soat 20:00 larda Samarqand shahri “Nurli yoʻl” mahallasi hududidan oʻtuvchi Rudakiy koʻchasida sodir boʻlgan. 1997-yilda tugʻilgan shaxs boshqaruvida boʻlgan Lacetti piyodalar oʻtish yoʻlagidan yoʻlni kesib oʻtayotgan fuqarolarni urib yuborgan.

Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga yetkazilib, tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Kun.uzʼning maʼlum qilishicha, haydovchi piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan 8 kishini urib yuborib, yana bitta mashinaga zarar yetkazgan. Hodisa oqibatida bir nafar ayol vafot etgan, boshqa fuqarolar ogʻir tan jarohatlari olgan.

“Vafot etgan ayolning 3 nafar farzandi onasiz qolgan”, deb yozadi manba.