BAA ga vizasiz tartib bekor qilinishi mumkin

26.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

pasport,viza

O‘zbekiston TIV xabar berishicha, Dubay shahrida O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida yuzaga kelgan holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida mamlakatimiz diplomatlari Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan

BAA tomoni mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini, 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

Tashqi ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. 

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini xorijda yurtdoshlarimiz sha’niga dog‘ tushiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqirib qolgan