“Oʻzbekiston — kitobxonlar yurti” shiori ostida boʻlib oʻtayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi”gi Yozyovon tumanida ham oʻziga xos ezgu tashabbuslar bilan boshlandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Qayd etilishicha, tuman axborot-kutubxona markazida oʻtkazilgan tantanali tadbirda yozyovonlik yozuvchi-shoirlar, faxriy ijodkorlar, maʼnaviyat sohasi fidoyilari hamda faol kitobxonlar qatnashdi.
Yozyovon tumani hokimi Dilshodjon Jalilov tadbir ishtirokchilarini kitobxonlar bayrami bilan tabrikladi. Oʻzining sevimli kitoblari, xususan, bolalikda maroq bilan oʻqigan Said Ahmadning “Ufq” romani va oʻzbek adabiyotining boshqa noyob durdona asarlari haqida xotiralarni esga oldi.
Kitobxonlik bayrami turli viktorinalar, yosh sanʼatkorlarning chiqishlari bilan yanada fayzli oʻtdi. Axborot-kutubxona markazi tomonidan ishtirokchilarga yangi kitoblar sovgʻa qilindi.