Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi keskin oshirildi

02.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

elektromobil

1-maydan boshlab, ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun 45 mln so‘m utilizatsiya yig‘imi undirilmoqda. 

O‘zbekistonda 1 maydan e’tiboran elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi miqdorlari oshdi.

Bosh vazir 31 yanvarda imzolagan qarorga asosan, bu yig‘im miqdori:

  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun 4 barobarga – 30 BHM (11 mln 250 ming so‘m)dan 120 BHM (45 mln so‘m)ga;

  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan elektromobillar uchun 2,3 barobarga – 90 BHM (33 mln 750 ming so‘m)dan 120 BHM (78,75 mln so‘m)ga ko‘tarildi.