Hafta boshida ayrim joylarda chang-toʻzon koʻtarilishi mumkin

28.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

“Oʻzgidromet” 28-30-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini e'lon qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

16c869b6c5575ab6e243ab1fa7b4a5400427

Foto: xs.uz

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 28-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 29-30-aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-aprelda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq, 29-aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq, 30-aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 28-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 29-30-aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-aprelda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-aprelda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 29-aprelda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq, 30-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-aprelda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja, 29-aprelda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 30-aprelda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-aprelda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 29-aprelda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 30-aprelda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 29-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 29-aprelda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 30-aprelda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 29-aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja issiq, 30-aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq boʻladi.