Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan Koroskon qishlogʻi uzoq tarixi, milliy qadriyatlarga boy anʼanalari va mehnatsevar insonlari bilan mashhur. Endilikda ushbu qishloq yana bir maʼnaviy boylik — xususiy tarzda tashkil etilgan zamonaviy muzeyi bilan ham eʼtibor qozonmoqda.
Xalq so‘zi nashri veb saytining xabar berishicha, ,ahalliy tadbirkor Jamoliddin Nizomov oʻz tugʻilgan yurtining tarixi va xotirasini abadiylashtirish maqsadida ikki qavatli muzey binosini barpo etdi. Xotira va qadrlash kuni arafasida faoliyat boshlagan ushbu muassasada 3000 dan ortiq eksponat joy olgan boʻlib, ularning asosiy qismini Nizomov va uning yaqinlari shaxsan toʻplagan.
Foto: xs.uz
Muzeyda XVII–XXI asrlarga oid tarixiy ashyolar, nodir qoʻlyozmalar, etnografik buyumlar, xalq hunarmandchiligi namunalari, antik avtomobillar, fotosuratlar va turli hujjatlar namoyon etilgan. Ikkinchi jahon urushiga bagʻishlangan boʻlimda frontda va front ortida jasorat koʻrsatgan 1800 dan ortiq koroskonliklar haqida maʼlumotlar, ashyolar va fotosuratlar oʻrin olgan.
Foto: xs.uz
Tarixiy xotirani asrab, kelajak avlodlarga yetkazish — har bir vatanparvar fuqaroning burchi. Shu maʼnoda koroskonlik tadbirkorning tashabbusi eʼtirofga loyiq.