O‘zbekiston va Eron “yo‘l xaritasi”ni imzoladi

12.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

d571d29a-4339-6b41-9649-70b21418441a_lists_slider_

Foto: O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha 2025—2027-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumati delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Eronda bordi. 11-may kuni Tehrondagi O‘zbekiston bosh vaziri va Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref boshchiligidagi hukumatlar delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ushbu uchrashuv hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olish uchun qulay imkoniyat ekanini qayd etib, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini prezidentlar belgilab bergan 2 milliard dollarga chiqarish imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildi.

Xususan, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun mazkur yo‘nalishda ko‘p yillardan buyon o‘z yechimini kutayotgan muayyan masalalarni zudlik bilan hal etish yuzasidan sa’y-harakatlarni birlashtirib, aniq amaliy choralarni ko‘rish lozimligi qayd etildi

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha 2025—2027-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”, Imtiyozli savdo bitimining tovarlar ro‘yxatini tasdiqlash bayonnomasi, O‘simliklar himoyasi va karantini sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi, Halol standart sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.

Shu kuni Tehronda O‘zbekiston—Eron biznes forumi o'tkazildi. Unda O‘zbekistondan 100 nafardan ortiq tadbirkorlar, vazirlik va idoralar vakillari o‘zlarining turli yo‘nalishdagi taklif va tashabbuslari bilan qatnashib, “B2B” shaklda muzokaralar olib bordi.