11-may kuni Tehron shahrida O‘zbekiston - Eron biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Eron Islom Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref so‘zga chiqdilar.
Aytib o'tilganidek, o‘zaro savdoda barqarorlik kuzatilmoqda, tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollarga yetdi, qo‘shma korxonalar soni 210 dan oshdi,1 milliard dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlari shakllantirildi..
Mamlakatimizda yiliga 25 million tonna yuqori sifatli meva-sabzavot yetishtiriladi. Yiliga 2,5 milliard dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda.
Shuningdek, tadbirda mamlakatimiz dunyodagi ko‘plab davlatlar bilan imtiyozli savdo tizimiga ega ekani ma’lum qilinib, eronlik ishbilarmonlar Xorazm va Samarqand viloyatlaridagi sanoat zonalari imkoniyatlardan keng foydalanishga taklif etildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston - Eron biznes forumida qatnashish uchun mamlakatimizdan 100 nafardan ziyod tadbirkorlar, vazirlik va idoralar vakillari o‘zlarining turli yo‘nalishdagi ilg‘or taklif va tashabbuslari bilan qatnashib, "B2B" shaklda muzokaralar olib bordi.