Bugun barcha xodimlar 1 soat avvalroq uylariga ketishi mumkin

08.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

Bugun, 8-may kuni barcha xodimlar qonuniy asosda ishdan 1 soat vaqtliroq ketish huquqiga ega. Bu holat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187-moddasida belgilangan boʻlib, unga koʻra bayram (ishlanmaydigan) kunlar arafasida kundalik ish (yoki smena) muddati kamida bir soatga qisqartiriladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

PrivateOffice-IN-OfficeComboPromo

Maʼlumki, 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda rasmiy dam olish kuni hisoblanadi. Shu munosabat bilan bugun barcha xodimlar odatdagi ish vaqtining tugashidan 1 soat oldin uyga ketishiga ruxsat beriladi. Masalan, odatda kechki 18:00 gacha ishlovchi xodimlar bugun 17:00 da ishni tugatishi mumkin.

Mazkur tartib barcha ishchilar uchun umumiy hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ishning uzluksizligi taʼminlanishi zarur boʻlgan tashkilotlarda yoki ish jarayonining oʻziga xos xususiyatlari tufayli vaqtni qisqartirish imkoni boʻlmagan holatlarda, xodimlarga ortiqcha ishlaganlik uchun kompensatsiya belgilanadi.

Bu kompensatsiya xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ishlagan soatlar uchun qoʻshimcha dam olish vaqti berish yoki mehnatga haq toʻlashning belgilangan normalari asosida pul shaklida toʻlanadi.

Shu sabab, bugun mehnat qilayotgan barcha xodimlar oʻz vaqtini toʻgʻri rejalashtirib, belgilangan tartibga muvofiq 1 soat ertaroq uyga qaytish huquqidan foydalanishi mumkin.