Jizzaxda fuqaro 1,6 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalandi

22.06.2025 00:00 O'zbekiston 8

Jizzax viloyatida fuqaro 1,6 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

IMG_20250622_144929_904

Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”

Qayd etilishicha, inspeksiyaning Jizzax viloyati boʻyicha hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Doʻstlik tumanida fuqaro R. Q. oʻz xonadonida tovuq ferma tashkil etib, gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 1 milliard 665 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.