Oʻzbekiston hududiga juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda

30.06.2025 00:00 O'zbekiston 6

Joriy yilning 2-5-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

6905a98b2048970f4b8f13729e2311900630

Foto: xs.uz

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, 2-iyul kuni Oʻzbekistonning shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida, 3-5-iyulda respublika hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-46 darajagacha koʻtariladi.

Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 3-5-iyulda ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Shu oʻrinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan avtomobillarini daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmasliklarini soʻragan.