Oʻzbekistonda havo harorati qachondan pasayishi aytildi

07.07.2025 00:00 O'zbekiston 6

Oʻtgan hafta respublika boʻyicha kuzatilgan kuchli issiqdan soʻng, 7-11-iyul kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

d624f9e9be2703776d2c3ac14ec947ba0707

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Bildirilishicha, bugun, 7-iyul kuni kunduzi havo harorati 36-41 darajani, 8-9-iyul kunlari 33-38 darajani, 10-11-iyulda esa 31-36 darajani tashkil etadi. Oʻzbekiston janubida ham harorat pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib harorat 37-40 darajani tashkil etadi.

Respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek togʻ oldi va togʻli hududlarda 9-10-iyul kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 7-iyul kuni harorat asosan 39-41 daraja, 8-9-iyulda 35-38 daraja, 10-11-iyulda 32-37 daraja boʻladi.