Andijon viloyatida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

04.07.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.B.” MCHJ rahbari A.B. “Istiqlol” MFY hududidagi savdo do‘konida turli nomdagi 829 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

photo_2025-07-03_12-39-31

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.