Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida qiymati 5,6 million AQSH dollariga teng boʻlgan 28 ming 348 tonna sabzi eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mazkur davr mobaynida Oʻzbekistondan eng koʻp sabzi Qirgʻiz Respublikasiga yetkazib berilgan — 14 ming 990 tonna.
Shuningdek, Qozogʻistonga 7 ming 197 tonna, Rossiyaga 5 ming 989 tonna sabzi eksport qilingan. Shuningdek, Ukrainaga 64 tonna, Tojikistonga 61 tonna va boshqa davlatlarga 47 tonna sabzi yuborilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston sabzi yetishtirish va uni eksport qilish boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Sabzi asosan qoʻshni mamlakatlar va Rossiya bozorlarida xaridor topmoqda.