Qozog‘iston yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda

01.05.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 9

oltin viza,passport

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning investitsion jozibadorligini mustahkamlash va uzoq muddatli biznes hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiya vizalarini olishning yangi qoidalarini tasdiqladi.

Yangi qoidaga ko'ra, Qozog‘iston kompaniyalari ustav kapitaliga yoki mahalliy emissiya qimmatli qog‘ozlariga kamida 300 ming dollar investitsiya kiritgan chet el fuqarolari investorlik vizasini rasmiylashtirish uchun elektron ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur «oltin viza» 10 yil muddatgacha Qozog‘istonda yashash guvohnomasini olish imkoniyatini taqdim etadi.

TIV buni xalqaro amaliyotda keng tarqalgan kapital, texnologiya va biznes faollikni jalb etishning samarali usuli,deb hisoblashini aytdi

«Oltin vizalar» berilishi xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlarni ta’minlaydi hamda Qozog‘istonning investitsion muhitiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Ushbu yangilik mamlakatning ochiqlik, kapitalni himoya qilish va barqaror xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik yo‘nalishini aks ettiradi», — deyiladi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining bayonotida.

Hujjat rasman e’lon qilingan kundan 10 kun o‘tib kuchga kiradi.