BMT Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi

14.06.2025 00:00 Dunyo 8

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Gʻazo sektorida soʻzsiz va doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti"iga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti.

940fe9dd9b2ba5014236246607cacb400613

Bildirilishicha, ushbu rezolyutsiyani maʼqullab 149 ta davlat ovoz bergan, 12 ta davlat ushbu loyihaning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan, 19 ta davlat esa betaraf qolgan. Maʼlumotlarga koʻra, AQSH, Vengriya, Fuji hamda Argentina mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan.

Qabul qilingan rezolyutsiya zudlik bilan, soʻzsiz va doimiy oʻt ochishni toʻxtatishni, shuningdek, Isroil barcha chegara oʻtish joylarini zudlik bilan ochishi va yordamning Gʻazo sektori boʻylab falastinlik tinch aholiga toʻsiqsiz va yetarli hajmda yuborishini taʼminlashni oʻz ichiga oladi.