O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik protokol rahbari Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Foto: "Dunyo" AA
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi va O‘zbekiston-Serbiya munosabatlarini yanada mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdorlik bildirdi.
Xorijiy tomon O‘zbekistonning Serbiyaga birinchi elchisi tayinlanganini olqishlab, bu qadam ikki tomonlama hamkorlikning butun yo‘nalishiga yangi sur’at bag‘ishlashini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov 2024 yil 13 dekabr kuni Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.