Yaqinda Toşkent şahrida bölib ötgan Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça kengaşining birinçi yiğilişi doirasida Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi vakili Osman Xeyal bilan yuzma-yuz muloqot ötkazdi.
Uçraşuvda kompaniya hamkorligida Quva tumanida taşkil etilayotgan “Turon Turk” maxsus sanoat zonasi loyihasining bugungi holati, bu borada olib borilayotgan işlar hamda uning keyingi bosqiçlari böyiça muzokaralar olib borildi.
— Ayni paytda 26 gektar maydonni egallagan uşbu sanoat zonasida umumiy qiymati 350 million dollarlik loyihalarni hayotga tatbiq etiş borasida amaliy işlarga kirişilgan, — deydi Quva tumani hokimligi investitsiya şöʼbasi mudiri Azizbek Umarov. — Yaqin istiqbolda bu yerda meva-sabzavotni qayta işlaş, elektrotexnika, oziq-ovqat va töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyiş hamda 5 mingta yangi iş örni yaratiş maqsad qilingan.
Şuningdek, Turkiya kompaniyalari bilan hamkorlikda Uçköprik va Beşariq tumanida logistika markazlari, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaşga möljallangan zamonaviy omborxonalar va mehmonxona bunyod etiş singari qator yönalişlarda investitsiya loyihalari işlab çiqilgan. Hozirda mazkur loyihalarni amalga oşiriş böyiça farğonalik hamkorlar bilan birgalikda iş olib borilmoqda.
Xususan, Beşariq tumanida qiymati 13 million dollar bölgan servis va xizmat körsatiş markazlarini taşkil etiş loyihasini amalga oşiriş maqsadida izçil saʼy-harakatlar boşlangani eʼtiborga molik.
Aytiş joiz, ikki tomonlama manfaatli hamkorlik kölamini oşiriş uçun muntazam ravişda Farğona viloyatining investitsiyaviy salohiyatini namoyon etuvçi biznes-forum, uçraşuvlar va taqdimot marosimlari ötkazib kelinmoqda. Öz navbatida Farğona viloyati hokimligi tomonidan özaro manfaatli loyihalarni qöllab-quvvatlaşda investorlarga amaliy kömak körsatiş doimiy ustuvor vazifalar sirasiga kiritilgan.